Samsung 4 ta kamerali Galaxy A9 smartfonini taqdim qildi
“Galaxy A9 yordamida istalgan murakkablikdagi suratlar: betakror selfidan tortib mukammal manzarali suratlarni olish mumkin”, deyilgan kompaniya xabarida. Asosiy kamera 24 Mpli bo‘lib, ikkinchi kamerada ikki karrali optik zum bor. Uchinchi kamera suratdagi sahnani aniqlash va unga mos sozlanmalarni tanlash imkoniyatiga ega. 4-kamerada fonni “yoyish”ni sozlash imkoniyati mavjud. Galaxy A9 3800 mA/soatli batareya bilan jihozlangan. Qurilmaning tezkor xotirasi 6 Gbni, ichki xotirasi 128 Gbni tashkil qiladi. Ichki xotirani microSD-kartalari yordamida 512 Gbgacha oshirish mumkin. Super AMOLED ekrani 6,3 diagonalga va Full HD+ sifatga ega. Smartfon 16 noyabrdan sotila boshlanishi rejalashtirilgan. |
|||
|
|||
Добавил admin 26-10-2018, 23:08