Android’da yangi xavfli virus aniqlandi

Cisco kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari Android uchun yangi o‘g‘ri virusni topdilar. Bu haqda ular tashkilotning blogida xabar berishdi.

Mutaxassislar xavfli dasturni GPlayed deb nomlashdi. Uning dizaynida jinoyatchilar rasmiy Google Play ilovasidan foydalanganlar. Gadjyet ekranida yuklab olish amalga oshirilganidan keyin Google Play Marketplace yozuvli belgi paydo bo‘lgan.

Ma`mur huquqlariga ega bo‘lgan dastur kiberjinoyatchilarga qurilmani masofadan boshqarishga imkon bergan. Ular gadjyetni to‘sib qo‘yishlari yoki undan qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabarlar yuborish uchun foydalanishi mumkin edi. Qurilmaning xotirasida saqlangan ma`lumotlarga qo‘shimcha ravishda, dastur to‘lov ma`lumotlarini ham o‘g‘irlashi mumkin.

Mutaxassislar xabariga ko‘ra, hozirda jinoyatchilar yangi ishlanmalarini faol ravishda sinab ko‘rishmoqda va kelajakda u Android-qurilmalar uchun jiddiy xavfga aylanishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mutaxassislar eng himoyalangan smartfonni ma`lum qilishgandi.

скачать dle 11.1смотреть фильмы бесплатно
Ushbu yangilik haqida do'stlaringizga xabar tarqatishda birinchi bo'ling !
Рейтинг:

Категория: Android Новости
Просмотров: 1 496
Добавил admin 26-10-2018, 23:14


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.